Abstract
Termin gapdan tashqarida olinganda ham ma’lum bir aniq ma’no ifodalaydigan, insonning ma’lum ish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan tushunchalarni bildiradigan so‘z yoki turg‘un holatdagi so‘z birikmasidir. Uning asl lug‘aviy ma’nosi ham shuni anglatadi: lotin tilida terminus so‘zi “chegara belgisi, chek, chegara” degan ma’nolarni ifodalaydi. Ishlatilishi chegaralangan maxsus leksikaga terminlar, kasb-hunar leksikasi, jargonlar kiradi.