Abstract
Spinal mushak atrofiyasi (SMA) — bu irsiy, neyrodegenerativ kasallik bo‘lib, harakat mushaklarining zaiflashuvi va atrofiyasi bilan kechadi. Bu kasallik nafaqat jismoniy holatga, balki bolaning psixologik va emotsional rivojlanishiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bugungi kunda SMA bilan yashayotgan bolalar sonining ortib borayotgani, ularning jamiyatga integratsiyasi va sifatli hayot kechirishiga to‘sqinlik qilayotgan psixologik muammolar masalasi dolzarb muammolardan biri sifatida qaralmoqda.
