O’ZBEKİSTONDA TADBİRKORLİK MUHİTİNİ YAHSHİLASH ORQALİ KAMBAG’ALLİKNİ QİSQARTİRİSHNİNG HOZİRGİ HOLATİ TAHLİLİ
PDF
DOI

How to Cite

O’ZBEKİSTONDA TADBİRKORLİK MUHİTİNİ YAHSHİLASH ORQALİ KAMBAG’ALLİKNİ QİSQARTİRİSHNİNG HOZİRGİ HOLATİ TAHLİLİ. (2024). "XXI ASRDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TAʼLIM TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR" Nomli Respublika Ilmiy-Amaliy Konferensiyasi, 2(6), 49-57. https://universalpublishings.com/index.php/itfttdm/article/view/6210

Abstract

Birlashgan  Millatlar  Tashkilotining  2015-2030-yillar  uchun  mo’ljallangan “Barqaror  rivojlanish  maqsadlari”[1]  dasturida  17  ta  global maqsadning  birinchisi  etib  “Mamlakatlarda  aholining  kam ta’minlanganlik  darajasini  pasaytirish”  maqsadini  belgiladi. Shunday ekan,  mamlakatimizda  ham  insonlar  yashash  darajasi  va  hayot  farovonligini  oshirish  davlat  siyosatining  ustuvor yo’nalishlaridan  biriga  aylandi. 2020  yil  boshida  Prezidentimiz  kambag’allikni qisqartirish  masalasini  davlat  siyosatining  asosiy  vazifasi  sifatida  belgilab  berdi. Umuman,  O’zbekistonda  kambag’al  qatlam  mavjudligining  tan  olinishi  sohaga  doir siyosatning  dastlabki  burilish  nuqtasi  bo’ldi.  2020  yilda  mamlakatda  kambag’allar soni aholining 12-15 foizini tashkil etishi ochiq-oshkora aytildi.         Bugungi  kunda  mamlakatimizda  kambag’allikni  qisqartirish,  insonlar  yashash darajasini  yanada  yaxshilash,  barqaror  rivojlanish  bo’yicha  bir  qator  chora-tadbirlar, strategiyalar,  konsepsiyalar  ishlab  chiqildi.

 

PDF
DOI