Abstract
Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2015-2030-yillar uchun mo’ljallangan “Barqaror rivojlanish maqsadlari”[1] dasturida 17 ta global maqsadning birinchisi etib “Mamlakatlarda aholining kam ta’minlanganlik darajasini pasaytirish” maqsadini belgiladi. Shunday ekan, mamlakatimizda ham insonlar yashash darajasi va hayot farovonligini oshirish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylandi. 2020 yil boshida Prezidentimiz kambag’allikni qisqartirish masalasini davlat siyosatining asosiy vazifasi sifatida belgilab berdi. Umuman, O’zbekistonda kambag’al qatlam mavjudligining tan olinishi sohaga doir siyosatning dastlabki burilish nuqtasi bo’ldi. 2020 yilda mamlakatda kambag’allar soni aholining 12-15 foizini tashkil etishi ochiq-oshkora aytildi. Bugungi kunda mamlakatimizda kambag’allikni qisqartirish, insonlar yashash darajasini yanada yaxshilash, barqaror rivojlanish bo’yicha bir qator chora-tadbirlar, strategiyalar, konsepsiyalar ishlab chiqildi.