Abstract
Hozirgi vaqtda mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti iqtisodiyotni modernizatsiyalash, ishlab chiqarishda tarkibiy oʻzgarishlarni amalga oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarida zamonaviy texnika-texnologiyalarni joriy qilish va shu asosda raqobatbardoshlikka erishish, jahon bozorlaridan mustahkam oʻrin egallash, mamlakatimizning eksport salohiyatini oshirish kabi vazifalarni amalga oshirish bilan bevosita bogʻliq. 2017-yildan boshlab mamlakatimizning xalqaro moliya tizimiga integratsiya jarayonlarining eng yuqori bosqichiga chiqib bormoqda. Buni biz mamlakatimizga investitsiyalarni jalb etishda xalqaro moliya institutlari tomonidan jalb etilayotgan kredit liniyalari orqali ko‘rishimiz mumkin.