Abstract
Iqtisodiyotni tartibga solishda Markaziy bank o‘z tasarrufidagi pul-kredit siyosati instrumentlaridan foydalanadi. Biz bitiruv malakaviy ishimizda mamlakatimiz makroiqtisodiy barqarorlikka ta’sir qiluvchi pul-kredit siyosatining an’anaviy instrumentlaridan 3 tasini, ya’ni inflyatsiya darajasi, majburiy zaxiralash normasi va qayta moliya stavkasini hamda qo‘shimcha tadqiqot ishimiz uchun iste’mol narxlari indeksini tanladik. Makroiqtisodiy barqarorlik bir nechta ko‘rsatkichlar umumlashganligi sababli ko‘rsatkichlarni YaIM asosida tahlil qilamiz.