Abstract
Zamonaviy jamiyatning qadriyatlar tizimi inson huquqlari gʻoyasi, ya’ni tugʻilishdan boshlab har kimga tegishli boʻlgan asosiy huquqlar toʻplami bilan belgilanadi. Bu huquqlarga rioya qilish va ta’minlash har bir davlatning burchidir. Bugungi kunda inson huquqlari, u qaysi davlatda yashamasin, jahon hamjamiyati tomonidan himoya qilinishi va butun sivilizatsiya mulki ekanligi umume’tirof etilgan. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish toʻgʻrisidagi Yevropa konventsiyasi, Bola huquqlari deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro pakt, Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro pakt va boshqa xalqaro hujjatlar insonni nafaqat ichki, balki xalqaro huquqning ham sub’ektiga aylantirdi.
References
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. “Oʻzbekiston”, Toshkent 2023 y.
Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro pakt. URL.https://lex.uz/docs/-2686000