Abstract
Homiladorlik davrida simptomsiz bakteriuriya (SB) klinik belgilarisiz kechishi mumkin, biroq u siydik yo‘llari infeksiyalari va ayrim akusherlik asoratlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shu sababli bakteriuriyani o‘z vaqtida aniqlash, qo‘zg‘atuvchini identifikatsiya qilish va antibiotiklarga sezuvchanligini baholash antenatal kuzatuvning muhim yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Dissertatsiyada ayolning mikrobiologik holati bilan bir qatorda uning jinsiy sherigining urogenital mikrobiotasini baholash masalasi ham ko‘rib chiqilgan.