Abstract
Ushbu tezisda Smart Hotel konsepsiyasining mazmuni, uning
mehmonxona xo‘jaligidagi o‘rni hamda xizmatlarni avtomatlashtirish mexanizmlari
tahlil qilingan. Tadqiqot davomida narsalar interneti (IoT), sun’iy intellekt, bulutli
texnologiyalar, mobil ilovalar va mehmonxona boshqaruv tizimlari asosida xizmatlarni
avtomatlashtirishning afzalliklari o‘rganildi. Natijalar mehmonxona faoliyatining
samaradorligi, xizmat sifati va mijozlar qoniqishini oshirishda Smart Hotel
texnologiyalarining muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi.