Abstract
Dori vositalarining samaradorligini ishonchli baholash zamonaviy klinik
farmakologiya, farmakonazorat va sog‘liqni saqlash boshqaruvidagi ustuvor
vazifalardan biridir. Randomizatsiyalangan nazoratli klinik sinovlar preparatning ideal
sharoitdagi klinik samaradorligini aniqlash uchun eng muhim metod bo‘lib qolsa-da,
ular ko‘pincha kundalik amaliyotdagi bemorlar xilma-xilligini to‘liq aks ettirmaydi.