Abstract
Foydali qazilmalar insoniyat taraqqiyoti va iqtisodiy rivojlanishining asosiy tabiiy
resurslaridan biri hisoblanadi. Sanoat, energetika, qurilish, transport va qishloq
xo‘jaligi tarmoqlarining rivojlanishi ko‘p jihatdan mineral xomashyo resurslaridan
foydalanish darajasiga bog‘liq. Aholi sonining ortishi, urbanizatsiya jarayonlarining
jadallashuvi hamda global iqtisodiyotning kengayishi foydali qazilmalarga bo‘lgan
talabning yil sayin oshishiga sabab bo‘lmoqda.