Abstract
Boshlang‘ich ta’lim bosqichi o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash, kuzatuvchanlik,
mantiqiy fikrlash va tabiat hodisalarini tushunish ko‘nikmalarini shakllantirishda
muhim ahamiyat kasb etadi. Tabiiy fanlarni samarali o‘qitish ta’lim jarayonida
zamonaviy pedagogik vositalar va innovatsion texnologiyalarni qo‘llashni talab etadi.
Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’limda tabiiy fanlarni o‘qitishda foydalaniladigan
an’anaviy va zamonaviy o‘qitish vositalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari,
interaktiv metodlar, STEM yondashuvi, virtual laboratoriyalar hamda sun’iy intellekt
elementlarining o‘rni ilmiy jihatdan tahlil qilinadi.