Abstract
Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mehnat tarbiyasi orqali
boylik madaniyatini shakllantirishning nazariy mazmuni, tarkibiy unsurlari,
shakllanish omillari va amaliy qo‘llash mexanizmlari tahlil qilinadi. Boylik madaniyati
moddiy ne’matni ko‘paytirishga chaqiruvchi tor tushuncha emas, balki mehnat
natijasini anglash, resursni tejash, mulkka hurmat, shaxsiy ehtiyojni rejalashtirish,
jamoa manfaatini hisobga olish va halol mehnatga tayangan hayotiy qarorlar qabul
qilish madaniyati sifatida izohlanadi. Tadqiqotda me’yoriy hujjatlar, pedagogik
adabiyotlar, boshlang‘ich ta’lim amaliyoti va iqtisodiy tarbiya bo‘yicha mahalliy
tadqiqotlar tahlili asosida o‘qituvchi uchun metodik model, diagnostik mezonlar va
amaliy mashg‘ulot namunasi ishlab chiqildi.