Abstract
Bronxial astma nafas yo‘llarining surunkali yallig‘lanishli kasalligi bo‘lib, bronxlar
giperreaktivligi, qaytuvchan havo oqimi cheklanishi va klinik simptomlarning epizodik
kechishi bilan tavsiflanadi. Kasallikning rivojlanishida genetik moyillik, allergik
sensibilizatsiya va tashqi muhit omillari muhim rol o‘ynaydi. Diagnostika klinik
belgilar, spirometriya, bronxodilatator sinamasi hamda allergologik tekshiruvlar
asosida amalga oshiriladi. Davolash esa yallig‘lanishni nazorat qilish, bronxospazmni
bartaraf etish va xurujlarning oldini olishga qaratilgan bo‘lib, GINA tavsiyalariga
asoslanadi. Ushbu maqolada bronxial astmaning zamonaviy diagnostik mezonlari va
davolash prinsiplari batafsil yoritilgan.