Abstract
Plevrit — bu plevra varaqlarining yallig‘lanishi bilan kechuvchi patologik holat bo‘lib,
u mustaqil kasallik sifatida ham, turli o‘pka va tizimli kasalliklar asorati sifatida ham
uchraydi. Kasallik quruq (fibrinoz) va ekssudativ shakllarga bo‘linadi. Quruq plevritda
plevra bo‘shlig‘ida suyuqlik to‘planmaydi, biroq fibrin cho‘kishi hisobiga plevra
varaqlari orasida ishqalanish yuzaga keladi, bu esa kuchli og‘riq sindromi bilan
namoyon bo‘ladi. Etiopatogenezida infeksion (bakterial, virusli, sil mikobakteriyasi),
autoimmun va o‘smali jarayonlar muhim rol o‘ynaydi. Klinik ko‘rinishi ko‘krak
qafasida nafas bilan bog‘liq og‘riq, quruq yo‘tal va nafas yuzakiligi bilan
xarakterlanadi. Davolash asosini etiologik omilni bartaraf etish, yallig‘lanishni
kamaytirish va simptomatik terapiya tashkil etadi.