Abstract
Nafas yetishmovchiligi organizmning kislorod bilan ta’minlanishi buzilishi va/yoki
karbonat angidridni chiqarish jarayonining yetarli bo‘lmasligi bilan kechuvchi
patologik holatdir. U ko‘plab o‘pka, yurak-qon tomir va markaziy asab tizimi
kasalliklarining og‘ir asorati sifatida rivojlanadi. Nafas yetishmovchiligi patogenezida
ventilyatsiya-perfuziya nomutanosibligi, alveolyar gipoventilyatsiya va diffuzion
buzilishlar muhim o‘rin tutadi. Klinik jihatdan u hansirash, sianoz, taxipnoe,
yordamchi nafas mushaklarining faollashuvi va og‘ir hollarda ong buzilishi bilan
namoyon bo‘ladi. Ushbu maqolada nafas yetishmovchiligining etiologiyasi, tasnifi va
klinik ko‘rinishlari zamonaviy klinik yondashuv asosida yoritiladi.