Abstract
Mazkur ilmiy maqolada ingliz tilini o‘rganish jarayonida uchraydigan fonetik qiyinchiliklar tahlil qilinadi. Fonetika tilshunoslikning muhim bo‘limi sifatida nutq tovushlari, ularning hosil bo‘lishi, talaffuzi va eshitilishini o‘rganadi. Tadqiqot davomida fonetika fanining mazmun-mohiyati, ingliz fonetikasining shakllanishiga hissa qo‘shgan olimlarning ilmiy faoliyati hamda ingliz tilidagi asosiy fonetik qoidalar yoritiladi. Shuningdek, ingliz tilining yozuv va talaffuz tizimi o‘rtasidagi nomuvofiqliklar, istisnolar va o‘zbek tili sohiblari duch keladigan talaffuz muammolari misollar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari ingliz tilini samarali o‘rganishda fonetik bilimlarning ahamiyati katta ekanligini ko‘rsatadi.
References
1. Daniel Jones. An Outline of English Phonetics. Cambridge University Press.
2. Henry Sweet. A Handbook of Phonetics. Oxford University Press.
3. John C. Wells. Accents of English. Cambridge University Press.
4. Peter Roach. English Phonetics and Phonology. Cambridge University Press.
5. A.C. Gimson. An Introduction to the Pronunciation of English.