Abstract
Insoniyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlaridan boshlab odamlar o‘z fikr va ehtiyojlarini turli imo-ishoralar hamda belgilar orqali ifodalab kelgan. Jamiyatning rivojlanishi natijasida insonlarda nutqiy faoliyatning asosiy turlari -tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish ko‘nikmalari shakllangan hamda takomillashgan. Ayniqsa, nutqning rivojlanishi inson tafakkuri va intellektual salohiyatining yuksalishida muhim omil sifatida namoyon bo‘lgan. Shuningdek, lug‘at boyligining kengligi nutqning mazmunan boy, mantiqan izchil va ta’sirchan bo‘lishini ta’minlaydi.
Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning ona tili va xorijiy tillarni o‘zlashtirish jarayonlari hamda bu jarayonlarning ularning kognitiv va intellektual rivojlanishiga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, maktabgacha yosh davri bir nechta tillarni samarali egallash uchun eng qulay va sezgir davrlardan biri ekanligi ilmiy-nazariy manbalar asosida yoritiladi.
References
1. Qodirova F.R., Qodirova R.M. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ikkinchi tilni o‘rgatish metodikasi.-T., 2004.
2. Golovin B.N. Vvedenie i yazыkoznanie. 3-nashr. – M.: 1997
3. Irisqulov M.T. Tilshunoslikka kirish, Toshkent; “YAngi asr avlodi”, -2009