Abstract
Ushbu maqolada biriktiruvchi to‘qimaning asosiy hujayradan tashqari matriks komponentlari bo‘lgan proteoglikanlar, glikozaminoglikanlar, fibronektin va kollagen tolalarining fiziologik vazifalari, ularning qarilik jarayonida hamda kollagenozlar deb yuritiladigan tizimli biriktiruvchi to‘qima kasalliklarida kechadigan morfofunksional o‘zgarishlari tahlil qilinadi. Proteoglikanlar to‘qima gidratatsiyasi, elastiklik, mexanik bosimga chidamlilik, hujayra migratsiyasi, o‘sish omillari signalizatsiyasi va kollagen fibrillogenezini boshqarishda muhim o‘rin tutadi. Fibronektin esa hujayralarning matriksga yopishishi, yara bitishi, angiogenez, fibroblast faollashuvi va fibroz jarayonlarida asosiy glikoproteinlardan biri hisoblanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 60 yosh va undan katta aholi soni 2020-yildagi 1 milliarddan 2030-yilda 1,4 milliardga, 2050-yilda esa 2,1 milliardga yetishi kutilmoqda. Bu esa qarilik bilan bog‘liq biriktiruvchi to‘qima degeneratsiyasi, osteoartrit, revmatoid artrit, tizimli skleroz, tizimli qizil yugurik va fibroz kasalliklarining tibbiy-ijtimoiy ahamiyatini oshirmoqda. Maqolada zamonaviy PubMed, WHO va ilmiy sharhlar asosida proteoglikan-fibronektin-kollagen tizimining patobiokimyoviy ahamiyati yoritildi
References
1. World Health Organization. Ageing and health. 2025.
2. World Health Organization. Musculoskeletal health. 2022.
3. World Health Organization. Rheumatoid arthritis. 2023.
4. Varki A. et al. Proteoglycans and Glycosaminoglycans. NCBI Bookshelf.
5. Farach-Carson M.C. et al. Proteoglycans in Mechanobiology of Tissues and Organs. 2024.
6. Diller R.B. et al. The Role of the Extracellular Matrix in Wound Healing. 2022.
7. Bonadio J.D. et al. Delivery technologies for therapeutic targeting of fibronectin. 2024.
8. Quan T. Role of age-associated alterations of the dermal extracellular matrix. 2015.
9. Mayorca-Guiliani A.E. et al. ECM formation and degradation during fibrosis, repair, and regeneration. 2025.
10. Black R.J. et al. Global burden of rheumatoid arthritis and forecasted prevalence to 2050. Lancet Rheumatology. 2023.
11. Tian J. et al. Global epidemiology of systemic lupus erythematosus. 2023.
12. Bairkdar M. et al. Incidence and prevalence of systemic sclerosis globally. 2021.
13. StatPearls. Physiology, Connective Tissue. NCBI Bookshelf.
14. StatPearls. Collagen Vascular Disease Associated With Interstitial Lung Disease. NCBI Bookshelf.
15. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Statistika agentligi ochiq sog‘liqni saqlash statistik materiallari