Abstract
Ushbu ilmiy maqolada zamonaviy innovatsiyalarning harbiy sohadagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Xususan, sun’iy intellekt, dron texnologiyalari, kiberxavfsizlik va yuqori aniqlikdagi qurollarning rivojlanishi harbiy strategiyalarni tubdan o‘zgartirayotgani yoritiladi. Shuningdek, innovatsion texnologiyalarning harbiy samaradorlikni oshirish, xavfsizlikni ta’minlash va global geosiyosiy muvozanatga ta’siri ilmiy asosda tahlil etiladi. Maqolada zamonaviy innovatsiyalarning afzalliklari bilan bir qatorda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf va muammolar ham ko‘rib chiqiladi.
