Abstract
Maqolada IX-XVII asrlarda Termiz sayyidlari institutining Movarounnahr ijtimoiy-siyosiy Annotatsiya.tizimidagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda “sayyid” maqomining nasabiy-sharafiy belgidan tashqari, siyosiy legitimatsiya, ijtimoiy vositachilik, shariat-huquqiy amaliyot, xayriya-vaqf munosabatlari hamda ziyorat madaniyati orqali shakllangan ko‘p funksiyali institut ekani asoslanadi. Markaziy daliliy tayanch sifatida Termiz yaqinidagi Sulton Saodat majmuasi ko‘rib chiqilib, uning X-XVII asrlarda Termiz sayyidlari qabrlari ustida bosqichma-bosqich shakllangani, ansambl tarkibida maqbaralar, masjid va xonaqohlarning mujassamlashgani, ziyorat amaliyotini institutsionallashtirgani ko‘rsatiladi. Maqolada siyosiy sulolalar almashinuvi fonida sayyidlar nufuzi “yumshoq kuch” sifatida barqaror saqlanib, mahalliy jamiyatda ijtimoiy muvozanat va ma’naviy legitimlikni ta’minlashga xizmat qilgani yoritiladi.
References
1. Sayyid // Wikipedia, the free encyclopedia.
2. Sulton Saodat majmuasi - sayidlarning sirli xilxonasi // Uzbekistan.travel.
3. SULTON SAODAT // termizi.uz. - 25.12.2025.
4. Abdimo‘minov B.O. Termiz tumanidagi tarixiy-madaniy yodgorliklardan turizm maqsadlarida foydalanish // CyberLeninka. - 2023.
5. McChesney R.D. Waqf in Central Asia: Four Hundred Years in the History of a Muslim Shrine, 1480-1889. - Princeton: Princeton University Press, 1991.
6. Floor W. Review: Waqf in Central Asia… R.D. McChesney, 1991 // Cambridge Core. - 1994.
