Abstract
Zahiriddin Muhammad Bobur tomonidan yozilgan “Boburnoma” – tarixiy
siyosiy, etnografik va lingvistik ma’lumotlarga boy yodgorlik bo‘lib, undagi harbiy
atamalar o‘zbek va umuman turkiy tillarning terminologik rivojlanish jarayonida
muhim o‘rin tutadi. Asarda XVI asr harbiy tuzilmasi, qo‘shin boshqaruvi, jang
taktikasi, qurol-aslaha bilan bog‘liq juda ko‘p terminlar uchraydi. Ushbu atamalarni
lingvistik jihatdan o‘rganish turkiy leksik qatlam, semasiologiya, etimologiya va
stilistika uchun ham alohida ahamiyatga ega.
