Abstract
Ushbu maqolada zamonaviy pedagogikada pedagogik kasbning mazmuni, uning jamiyat rivojlanishidagi o‘rni, ta’lim jarayonining modernizatsiyasi sharoitida o‘qituvchiga qo‘yilayotgan yangi talablar tahlil qilinadi. Hozirgi globallashuv, raqamli texnologiyalar, axborot kommunikatsiya vositalarining keng tarqalishi, kompetensiyaviy yondashuv, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim tamoyillarining kuchayishi pedagogik kasbning ildizdan yangicha talqin qilinishiga sabab bo‘lmoqda.
