Abstract
Mazkur maqolada mahalliy isteʼmol bozorlarida kichik biznes subyektlarining raqobatbardoshligini oshirish masalalari zamonaviy iqtisodiy sharoitlar doirasida kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqotda kichik biznesning hududiy bozorlar rivojidagi o‘rni, isteʼmolchilar talabining transformatsiyasi hamda raqobat muhiti dinamikasi o‘zaro bog‘liqlikda o‘rganiladi. Kichik biznes subyektlarining raqobatbardoshligini belgilovchi omillar – mahsulot sifati, narx siyosati, servis xizmatlari, marketing faolligi va institutsional qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari – ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Maqolada mahalliy bozor sharoitida kichik biznes uchun innovatsion va tashkiliy strategiyalarni joriy etish orqali barqaror raqobat ustunliklarini shakllantirish yo‘llari ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari mahalliy isteʼmol bozorlarida kichik biznes raqobatbardoshligini oshirish hududiy iqtisodiy rivojlanishning muhim omili ekanini tasdiqlaydi.
References
1.Porter M. Competitive Advantage: Creating and Sustaining Superior Performance. – New York: Free Press, 2019. – 592 p.
2.Drucker P. Innovation and Entrepreneurship. – New York: Harper Business, 2018. – 312 p.
3.Нурматов А.А. Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик иқтисодиёти. – Тошкент: Фан, 2020. – 240 б.
4.Тўхтаев Ш.М. Ҳудудий бозорлар ва тадбиркорлик ривожи. – Тошкент: Иқтисодиёт, 2021. – 228 б.
