Abstract
Eman qoraqayindoshlar oilasiga mansub manzarali daraxt bo’lib,600 ga yaqin turi bor. Shox- shabbalari yoyiq, yosh tuplarining po’stlog’i silliq, to’q kulrang, bargalari oddiy, gullari, ayrim jinsli, kuchala to’pgulda joylashadi. Mevasi bir urug’li yong’oq meva. Ildizi o‘q ildiz . Oʻzbekistonda Emanning qizil eman turi ekiladi.Eman yorugʻsevar, qurgʻoqchilikka chidamli daraxt. 400—1000 yilgacha yashaydi.Ba’zi turlarining po‘stlog‘idan po‘kak olinadi. Yong‘og‘idan oziq-ovqat sanoatida sun’iy qahva tayyorlanadi
References
O’. Pratov, L.Shamsuliyeva, E. Sulaymonov, X.Axunov, K. Ibodov, V. mahmudov, Botanika ( morfologiya, anatomiya, sistematika, geobotanika) Toshkeny.
A.Q. Qayimov, E.T. Berdiyev ‘‘Dendrologiya’’ Toshkent-2012.
Botanika (o’quv qo’llanma). Toshkent 2018.
Tursunova Gulbahor Sultanova, Komilova Shoira Rafiqova Botanika asoslari ( o’quv qo’llanma). Toshkent 2009.
E.T. Berdiyev, SH.F. Gulamxodjayeva ‘‘Manzarali daraxtlarni ko’paytirish’’ Toshkent 2020.
O’zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
www. ziyouz.com kutubxonasi.