PUL OQIMLAR MOHIYATI VA BOSHQARISHDAGI O’RNI

Authors

  • Xoliqulov Anvar Nematovich SamISI “Iqtisodiy tahlil va statistika” kafedrasi mudiri, i.f.n., professor

Abstract

Iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiya qilish sharoitida iqtisodiyot tarmoqlarida ko‘p ukladli iqtisodiyot negizlarini yaratish muhim  masala hisoblanadi. Hozirgi davrda dunyo mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti o‘zining ma’no-mazmuni jihatidan oldingi bosqichlardan keskin farq qiladi. Bunda eng asosiy va muhim jihat – milliy iqtisodiyotlarning tobora integratsiyalashuvi va globallashuvining kuchayib borishidir. Ayni paytda bu jarayonlar xalqaro maydondagi raqobatning ham keskinlashuviga, har bir mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi o‘z mavqeyini mustahkamlash uchun kurashining kuchayishiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Biroq o‘z o‘rnida ta’kidlash lozimki, jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv va globallashuvning ijobiy tomonlari bilan bir qatorda ma’lum ziddiyatli jihatlari ham mavjud. Jumladan, turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishning bir tekisda bormasligi, dunyo mamlakatlari o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jihatidan tafovutning, ekologik tahdidlarning kuchayib borishi, turli mamlakatlarda aholi soni o‘zgarishining keskin farqlanishi kabi holatlar jahon xo‘jaligining yaxlit  tizim sifatida barqaror rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Shuningdek, mazkur jarayonlarning yana bir xususiyatli jihati – jahonning bir mamlakatida ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy larzalarning muqarrar ravishda boshqa mamlakatlarga ham o‘z ta’sirini o‘tkazishi hisoblanadi. Mamlakatimizda ijtimoiy yo‘naltirilgan barqaror iqtisodiyotni amalga oshirish borasidagi keng ko‘lamli islohotlar bugungi kunda, ayniqsa, hozirda hukm surayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida, o‘zining natijalari bilan naqadar samarali va to‘g‘ri ekanligi o‘z tasdig‘ini topmoqda. Xususan, qisqa muddat ichida iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirildi, aholi daromadlarining o‘sishi ta’minlandi, samarali tashqi savdo hamda investitsiya jarayonlari kuchaydi, qishloq xo‘jaligi isloh qilindi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi barqaror rivojlantirilmoqda, moliya-bank tizimi mustahkamlandi va hokazo. Bularning barchasi O‘zbekistonning jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga qarshi turishining asosiy omillari sifatida namoyon bo‘lmoqda.

References

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. «O‘zbekiston — 2030» strategiyasi to‘g‘risida. –Toshkent. 12.09.2023 yil.

2. Sh.M. Mirziyoev. Tanqidiy taxlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik- xar bir raxbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. -Toshkent: O‘zbekiston, 2022. -104 b.

3. Pardayev M.Q., Xoliqulov A.N., Oltaev Sh.S. Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish. O‘quv-uslubiy qo‘llanma, Samarqand. SamISI, 2022, 84 bet.

4. Pardayeva M.Q., Xoliqulov A.N., Jumayeva G.J. Investitsion loyihalar tahlili. O‘quv qo‘llanma. T.: “Innovasion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi”, 2022. – 250 bet

5. Pardayev M.Q., Xoliqulov A.N., Yahyoev T.I. Moliyaviy va iqtisodiy ma’lumotlarni tahlil qilish. O‘quv-qo‘llanma, Samarqand.: Fan bulog‘i nashriyoti uyi, 2022, 138 bet.

6. Xoliqulov A.N., Usmanova D.Q., Raximov X.A. Korxonalarni raqobatbardoshligini baholash. O‘quv qo‘llanma. Samapqand.: “Turon nashr” nashriyoti, 2021. – 212-bet.

7. Xoliqulov A.N. Birlashish va qo‘shib olish. O‘quv qo‘llanma Samarqand.: Fan bulog‘i nashriyoti uyi, 2022, 216 bet

8. Xoliqulov A.N,Usmanova D.Q., A.O.Qarshiyev. Tarmoqlar sohasini tartibga solish va raqobat. O‘quv qo‘llanma. Samarqand.: Fan bulog‘i nashriyoti uyi, 2022, 174 bet

9. Xoliqulov A.N. Iqtisodiy tahlil va audit. O‘quv qo‘llanma Samarqand.: Fan bulog‘i nashriyoti uyi, 2023, 209 bet

Downloads

Published

2026-04-25

How to Cite

PUL OQIMLAR MOHIYATI VA BOSHQARISHDAGI O’RNI. (2026). FAN, TA’LIM, TEXNOLOGIYA VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASI ASOSIDA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI, 3(4), 74-79. https://universalpublishings.com/index.php/fan/article/view/17988