Abstract
Mazkur maqola nasriy matnlarning pragmatik tahlili jarayonida asosiy nazariy
tamoyillar va metodik yondashuvlarni o‘rganishga bag‘ishlangan. Matnning tilshunoslik
va adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan ko‘rib chiqilishi, ularning mazmuniy va
kommunikativ xususiyatlarini tahlil qilish orqali pragmatik imkoniyatlari aniqlanadi.
Maqolada til birliklari vositasida ifodalangan kommunikativ maqsadlar va kontekstning
roli keng yoritiladi. Shuningdek, zamonaviy lingvistik yondashuvlar asosida tahlil qilish
usullari ham ko‘rib chiqiladi.
Pragmatikaning asosiy tushunchalari — nutq aktlari, implikatura, deiksis,
presuppozitsiya va kontekstual tahlillar asosida nasriy matnning chuqur ma’nodagi
qatlamlari ochib beriladi. Ushbu yondashuv orqali matndagi g‘oya, muallif pozitsiyasi va
o‘quvchi bilan muloqot munosabatlari aniqlanadi. Maqola, ayniqsa, tilshunoslar,
adabiyotshunoslar va matn tahlilchilari uchun ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. Nazariy
yondashuvlar asosida misollar bilan boyitilgan holatda mavzu yoritiladi
References
1. Austin, J. L. (1962). How to Do Things with Words. Oxford: Oxford University Press.
2. Searle, J. R. (1969). Speech Acts: An Essay in the Philosophy of Language. Cambridge University Press.
3. Grice, H. P. (1975). Logic and Conversation. In Syntax and Semantics Vol.3.
4. Hojayeva, G. (2005). Matn lingvistikasi asoslari. Toshkent: Fan.
5. Mahmudov, N. (2007). Tilshunoslikka kirish. Toshkent: O‘qituvchi.
6. Brown, G., & Yule, G. (1983). Discourse Analysis. Cambridge University Press.
7. Levinson, S. C. (1983). Pragmatics. Cambridge: Cambridge University Press.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
