Abstract
Maqolada Surxondaryo viloyati sanoat tarmog‘ining iqtisodiy samaradorligini oshirish va uning diversifikatsiyasini ta’minlash masalalari kompleks tahlil qilinadi. Hududning tabiiy resurslari, sanoat infratuzilmasi, mavjud ishlab chiqarish salohiyati, energetik imkoniyatlari hamda investitsion muhitning zamonaviy holati o‘rganilib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish mexanizmlari ilmiy asosda yoritildi. Qishloq xo‘jaligi xomashyosini chuqur qayta ishlash, mineral-xomashyo resurslarini sanoat aylanishiga jalb etish, kichik sanoat zonalari faoliyatini kuchaytirish, raqamli texnologiyalarni sanoat jarayonlariga joriy etish kabi yo‘nalishlar hudud iqtisodiyotini diversifikatsiya qilishning asosiy omillari sifatida baholandi. Tadqiqot natijalari Surxondaryo viloyati sanoatini modernizatsiya qilish, mahalliy iqtisodiy o‘sishni tezlashtirish va iqtisodiy xavfsizlikni mustahkamlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
References
1.Porter, M. Competitive Advantage. — New York: Free Press, 1998. — 578 p.
2.Krugman, P. Geography and Trade. — Leuven: Leuven University Press, 1991. — 156 p.
3.Hirschman, A. The Strategy of Economic Development. — New Haven: Yale University Press, 1958. — 217 p.
4.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qarorlari. — Toshkent: Prezident Admin., 2021–2024.
5.Davlat statistika qo‘mitasi. Surxondaryo viloyati ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari. — Toshkent: DSQ, 2023. — 240 b.
6.Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi. Hududiy investitsiya loyihalari monitoringi hisobotlari. — Toshkent: ISSV, 2024. — 190 b.
7.Nazarov, Sh. Hududiy sanoatni modernizatsiya qilish omillari. — Toshkent: Iqtisodiyot, 2022. — 256 b.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.