Abstract
Adabiyot darslarini tashkil etishda yosh avlodni ezgu maʼnaviyatli shaxs sifatida shakllantirish uchun taʼlimning bir necha tamoyillari yetakchilik qiladi. Anʼanaviy taʼlimda darslarning hayot bilan aloqadorligini taʼminlash o‘qituvchining vazifasi hisoblanadi. O‘quvchining maʼnaviy kamolotiga qaratilgan darslarda hayotiy hodisalar asosida fanning tushuncha va qonuniyatlarini ularning o‘zlari o‘zlashtiradilar, nazariyadan yana hayotga qaytadilar. O‘qituvchi yo‘naltiruvchi savol-topshiriqlari va vazifalari bilan bu jarayonga rahbarlik qiladi. O‘quvchilar o‘zlari topgan ilmiy va hayotiy haqiqatlarga hurmat bilan qaraydilar. Nazariy tushunchalar mavjud borliqni anglash yo‘li bilan tiniqlashadi va chuqurlashadi. O‘quvchilar adabiy qahramonlar shaxsi va asarda ifodalangan narsa-hodisalarni tahlil qilish bilan o‘zlari hayotda duch kelishlari mumkin bo‘lgan har xil hodisalarning asosini topishga o‘rganadilar.
References
Husanboyeva Q.,Niyozmetova R.Adabiyot o`qitish metodikasi.-O`quv qo`llanma ,Toshkent.,2018.
O`zbek tili darsligi 6 - sinf 2022-yilgi yangi nashri
This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.