Abstract
: Maqolada mustaqillik yillarida Qashqadaryo viloyati, xususan, Qarshi shahridagi tarixiy-madaniy merosni saqlash, restavratsiya qilish va undan samarali foydalanish tajribasi tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida Qilichboy madrasasi, Ko‘kgumbaz jome masjidi, Qusam Shayx, Langar ota, Abu Ubayda ibn Jarroh va Sulton Mir Haydar ziyoratgohlari bilan bog‘liq restavratsiya va obodonlashtirish jarayonlari o‘rganilgan. Shuningdek, davlat siyosati, me’yoriy-huquqiy hujjatlar va turizmni rivojlantirish dasturlari doirasida tarixiy obidalarni ilmiy asosda o‘rganish, ularni keng jamoatchilikka yetkazish hamda milliy qadriyatlarni targ‘ib etish masalalari ko‘rib chiqilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, tarixiy obidalarni tiklash va saqlash jarayonlari nafaqat ularning tarixiy ahamiyatini saqlab qolgan, balki turizm va madaniy-ma’rifiy faoliyat uchun muhim imkoniyatlar yaratgan.
References
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 29 dekabrdagi “Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash toʻgʻrisida”gi 630-sonli qarori // https://lex.uz/docs/2329020
2. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi maʼlumoti, 2022 yil 14 mart.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 26 dekabrdagi “Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori // https://lex.uz/docs/2329020
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 y., 12-son, 303-modda
5. Muqaddas manzil // Qashqadaryo haqiqatı, 1996 yil 21 sentabr.
6. Choriyev A. Oʻzlikni anglash vositasi // Qashqadaryo, 2006 yil 1 sentabr.
7. Qarshi. – Toshkent: Maʼnaviyat, 2006. – B. 67-78.
8. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi maʼlumoti, 2022 yil 14 mart
9. Temirov T. Obidalar oʻzligimiz ifodasi // Qashqadaryo, 2014 yil 17 aprel
10. Choriyev A. Hazrati sulton Mir Haydar ota manoqibi. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2016. – B. 347-349.
11. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi maʼlumoti, 2022 yil 19 mart

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
