Abstract
Polikistoz tuxumdon sindromi reproduktiv yoshdagi ayollarda uchraydigan eng ko‘p tarqalgan endokrin-metabolik sindromlardan biri bo‘lib, bepushtlikning anovulyator shakllari, hayz sikli buzilishlari va giperandrogenizm bilan chambarchas bog‘liq. So‘nggi yillarda Polikistoz tuxumdon sindromini faqat ginekologik muammo sifatida emas, balki insulin rezistentligi, gipertinsulinemiya, dislipidemiya, metabolik sindrom, semizlik, past darajali surunkali yallig‘lanish va endotelial disfunktsiya kabi tizimli metabolik buzilishlar bilan kechuvchi kompleks holat sifatida qarash kuchaydi. Metabolik omillar tuxumdon steroidogenezi va follikulogenezi regulyatsiyasiga ta’sir qilib, ovulyatsiya buzilishlarini chuqurlashtiradi, endometriy retseptivligini pasaytiradi, shuningdek, yordamchi reproduktiv texnologiyalar samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Mazkur maqola polikistoz tuxumdon sindromidagi metabolik buzilishlar va bepushtlik o‘rtasidagi patogen bog‘lanish mexanizmlarini, mahalliy tadqiqotlari xulosalarini hamda amaliy diagnostika-davolash yondashuvlari tahlil qilinadi.
References
1. Anvarova S., Shukurov F., Tulametova S. Molecular biomarker-based personalized therapy algorithm in endocrine infertility // Journal of Education and Scientific Medicine. - 2025. - 1(5).
2. Tanish Gul Ahmad, Babadjanova G.S. Tuxumdonlar genezli ayollar bepushtligini davolash usullarini optimallashtirish // “Endoscopic surgery in gynecology and reproductive …” konferensiya materiallari. - Toshkent, 2024.
3. Xolboyeva S. Tuxumdonlar xavfsiz strukturali o‘zgarishlari bilan bog‘liq bepusht ayollarni tashxislash va laparoskopik davolashdan keyin fertillikni tiklashga yo‘naltirilgan usullar (ilmiy ish/PDF). - Toshkent: TMA repozitoriy, 2023.
4. (Mualliflar jamoasi). Reproduktiv yoshidagi ayollarda tuxumdonlarning polikistoz sindromi: anamnestik, klinik, gormonal va UTT ko‘rsatkichlari tahlili // SAMMU platformasi (PDF). - 2022.
5. Mamadjanova Sh.K. Tuxumdon polikistoz sindromi bo‘lgan bemorlarda bepushtlikni davolashda myo-inozitolning o‘rni // Ilmiy to‘plam (PDF). - Andijon, 2023.
6. Rabbimovna X.G. Polikistoz tuxumdon sindromi (PTOS) bilan bog‘liq metabolik buzilishlar va bepushtlik: adabiyotlar tahlili // WOS Journals (maqola). - 2025.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
