Abstract
Bronxial astma (BA) – nafas yo‘llarining surunkali yallig‘lanishi va bronxlar giperreaktivligi bilan kechuvchi kasallik bo‘lib, o‘tkir
tutqanoqli nafas siqishi xurujlari bilan xarakterlanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda dunyo bo‘yicha 339 million kishi ushbu xastalikdan aziyat chekmoqda. Dunyo miqyosida aholi orasida astma kasalligi o‘rtacha 5% hollarda uchraydi, bolalarda esa bu ko‘rsatkich 10% atrofida qayd etilgan. Astma nafaqat tibbiy, balki ijtimoiy muammo ham bo‘lib, u bemorlarning hayot sifatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
Downloads
Download data is not yet available.
