PNEVMONIYA VA BRONXOPNEVMONIYANING ZAMONAVIY KLINIK VA RENTGENOLOGIK BELGILARINI O‘RGANISH
PDF
DOI

How to Cite

PNEVMONIYA VA BRONXOPNEVMONIYANING ZAMONAVIY KLINIK VA RENTGENOLOGIK BELGILARINI O‘RGANISH. (2025). Journal of Universal Science Research, 3(11), 169-170. https://universalpublishings.com/~niverta1/index.php/jusr/article/view/14572

Abstract

Pnevmoniya va bronxopnevmoniya bugungi kunda nafaqat rivojlanayotgan, balki rivojlangan mamlakatlar sog‘liqni saqlash tizimi uchun ham dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, har yili 450 millionga yaqin inson pnevmoniyaga chalinadi, shulardan 4 milliongacha holat o‘lim bilan yakunlanadi. Ayniqsa bolalar va keksa yoshdagi bemorlar orasida bu kasallik yuqori o‘lim ko‘rsatkichlariga ega. Bronxopnevmoniya esa o‘pka to‘qimalarining diffuz yallig‘lanishi bilan kechib, ko‘pincha virusli yoki bakterial infeksiya bilan bog‘liq holda rivojlanadi. Zamonaviy sharoitda ushbu kasalliklarning klinik kechishi va rentgen belgilarini chuqur tahlil qilish to‘g‘ri tashxis qo‘yish, samarali davolash usullarini tanlash va asoratlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

PDF
DOI
Creative Commons License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.

Downloads

Download data is not yet available.