HOMILADOR AYOLLARDA TORCH-INFEKSIYALARNI ERTA ANIQLASH VA OLDINI OLISH
PDF
DOI

How to Cite

HOMILADOR AYOLLARDA TORCH-INFEKSIYALARNI ERTA ANIQLASH VA OLDINI OLISH. (2025). Journal of Universal Science Research, 3(11), 154-155. https://universalpublishings.com/~niverta1/index.php/jusr/article/view/14566

Abstract

TORCH-kompleks (Toxoplasmosis, Others — zaxm, Varicella-Zoster, Human Parvovirus B19, Rubella, Cytomegalovirus, Herpes simplex virus) homilador ayollarda bachadon ichi infeksiyasi va perinatal asoratlarning asosiy sabablaridan biridir. Bu infeksiyalar ko‘pincha klinik jihatdan simptomsiz kechadi, biroq homila uchun xavfli oqibatlarga — abort, o‘lik tug‘ilish, tug‘ma anomaliyalar va markaziy nerv tizimi shikastlanishlariga olib kelishi mumkin. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, har yili dunyo bo‘yicha 2 milliondan ortiq yangi tug‘ilgan chaqaloq TORCH-kompleksga kiruvchi infeksiyalar oqibatida turli darajadagi tug‘ma nuqsonlar bilan tug‘iladi. O‘zbekiston sharoitida, ayniqsa issiq iqlimli hududlarda (Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro) TORCH-infeksiyalar tarqalishi yuqori bo‘lib, prenatal skrining va immunoprofilaktika tizimlarini kuchaytirish zarur. Erta aniqlashda serologik tahlillar (IgM, IgG, avidity testi), PZR diagnostika va ultratovush nazorati asosiy ahamiyatga ega. Profilaktika esa emlash, sanitariya-madaniyatni oshirish, homiladorlikka tayyorgarlik davrida TORCH-tahlillarni o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.

PDF
DOI
Creative Commons License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.

Downloads

Download data is not yet available.