Abstract
Gepatit A virusi — jigar hujayralarini zararlovchi o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, u ko‘pincha suv va oziq-ovqat orqali yuqadi. Bugungi kunda gepatit A dunyo bo‘yicha eng keng tarqalgan enterovirusli infeksiyalardan biri hisoblanadi. Aholining sanitariya-gigiyena madaniyati past bo‘lgan hududlarda, ayniqsa bolalar orasida kasallikning yuqori darajada uchrashi kuzatiladi. O‘zbekiston Respublikasida ham ushbu kasallikning mavsumiy o‘sish davrlari qayd etilmoqda. Shu boisdan virusning tarqalish yo‘llari, epidemiologik omillari va oldini olish choralari haqida ilmiy tadqiqotlar olib borish dolzarb hisoblanadi.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
Downloads
Download data is not yet available.
