Abstract
Oshqozon va o’n ikki barmoq ichak yara kasalligi o'ta murakkab va hozirda tibbiy ilmiy muammo bo'lib, u oxirigacha to'liq o’rganilmagan. Ushbu kasallikni tashxislash va davolash muammosining dolzarbligi asosan uning keng tarqalganligi bilan bog'liq. Sobiq Sovet ittifoqi davrida yara kasalligi bo'yicha dispanser kuzatuvida bir milliondan ortiq bemor bo'lgan va bu kasallikning yillik takrorlanish darajasi 30-82% ga yetgan. Aholining barcha qatlamlari orasida o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligining tarqalishi 10% dan 25%gacha tashkil qiladi.
This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.