Abstract
Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik kompetensiyalarni shakllantirish jarayonida didaktik o‘yinlar va interaktiv ta’lim vositalaridan foydalanishning pedagogik-metodik asoslari yoritilgan. Tadqiqotda ekologik kompetensiya tushunchasining mazmuni, uning boshlang‘ich ta’limdagi o‘rni, raqamli didaktik o‘yinlarning psixologik-pedagogik imkoniyatlari, interaktiv vositalarning o‘quv jarayoniga integratsiyasi va amaliy metodikasi tahlil qilingan. O‘zbekiston Respublikasida ekologik ta’limni rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan davlat hujjatlari, STEAM yondashuvi va raqamli transformatsiya sharoitida o‘quvchilarning tabiatga mas’uliyatli munosabatini shakllantirish yo‘llari ochib berilgan. Maqolada interaktiv o‘yinlar, virtual simulyatorlar, multimedia resurslari va gamifikatsiya elementlarining ekologik ong, bilim, ko‘nikma va qadriyatlarni rivojlantirishdagi samaradorligi asoslangan. Tadqiqot natijalari raqamli didaktik vositalardan tizimli foydalanish boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik kompetensiyalarni shakllantirishning samarali yo‘li ekanligini ko‘rsatadi.
References
1. Karimov A. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik madaniyatni rivojlantirishning metodik asoslari. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy Universiteti Nashriyoti, 2018. – 112 b.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF 5863-son farmoni. – Toshkent, 2019-yil 30-oktabr.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 434-son qarori. – Toshkent, 2019.
4. Bovanova U.A., Aytbaeva J.B. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining atrof-muhitga ekologik tarbiyasini oshirishda raqamli texnologiyalarning o‘rni // Markaziy Osiyo ta’lim va
innovatsiyalar jurnali. – 2025. – T. 4, № 4. – B. 38–42.
5. Valiyeva A.B. Maktab yoshidagi bolalarda ekologik savodxonlikni raqamli vositalardan foydalanib rivojlantirishning interaktiv usullari // Samarali ta’lim va barqaror innovatsiyalar jurnali. – 2025.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.