ISSN 3093-8643 Open Access · Peer Reviewed
PDF
DOI

Keywords

nutq rivojlanishi

How to Cite

NUTQIY RIVOJLANISHI ORTDA QOLGAN ERTA YOSHDAGI BOLALARNING KLINIK-NEVROLOGIK XUSUSIYATLARI. (2026). "SUD TIBBIYOTIDA YANGI KUN" ILMIY-REFERATIV JURNAL, 2(1), 5-11. https://universalpublishings.com/index.php/styk/article/view/20955

Abstract

Maqolaning maqsadi. Erta yoshdagi bolalarda nutq rivojlanishining ortda qolishida kuzatiladigan klinik-nevrologik xususiyatlarni ambulator sharoitda kompleks baholash.

Materiallar va usullar. Tadqiqot Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli klinikasining konsultativ poliklinikasida ambulator ko‘rikdan o‘tgan nutq rivojlanishi ortda qolgan 30 nafar bolada olib borildi. Bolalarning yoshi 1 yosh 6 oydan 3 yoshgacha bo‘lgan. Tadqiqot davomida anamnestik ma’lumotlar, psixomotor rivojlanish, ekspressiv va retseptiv nutq, mushak tonusi, reflektor faoliyat, umumiy va nozik motorika, koordinatsiya, kommunikativ xulq-atvor hamda eshitish holati baholandi. Klinik-nevrologik tekshiruv natijalari foizlarda va o‘rtacha ko‘rsatkichlarda tahlil qilindi. Natijalar. Tekshirilgan 30 nafar bolaning 19 nafarida (63,3%) anamnezda perinatal yoki neonatal davrga oid xavf omillari aniqlangan. 18 nafar bolada (60,0%) umumiy motor rivojlanishning turli darajada kechikishi, 14 nafarida (46,7%) mushak tonusining o‘zgarishi, 12 nafarida (40,0%) nozik motorikaning yetarli shakllanmaganligi qayd etildi. Ekspressiv nutqning ustun buzilishi 17 nafar (56,7%), ekspressiv-retseptiv nutqning birgalikdagi kechikishi 13 nafar (43,3%) bolada kuzatildi. Kommunikativ faollikning pasayishi 11 nafar (36,7%), qo‘shma diqqatning yetarli shakllanmaganligi 9 nafar (30,0%) bolada aniqlandi. 4 nafar (13,3%) bolada rivojlanishning regressiv belgilari kuzatilib, qo‘shimcha chuqurlashtirilgan tekshiruvga yo‘naltirish zarurati yuzaga keldi.

Xulosa. Nutq rivojlanishining ortda qolishi ko‘pincha alohida nutq muammosi bilan chegaralanmay, psixomotor, motor, kommunikativ va boshqa neyro-rivojlanish xususiyatlari bilan birga kechadi. Erta yoshdagi bolalarda nutq kechikishini aniqlashda nevrologik va logopedik tekshiruvni kompleks olib borish, eshitish faoliyatini baholash hamda perinatal anamnezni chuqur o‘rganish muhim diagnostik ahamiyatga ega.

PDF
DOI

References

1. American Speech-Language-Hearing Association. Late Language Emergence. ASHA Practice Portal.

2. Sansavini A., Favilla M.E., Guarini A. et al. Developmental Language Disorder: Early Predictors, Age for the Diagnosis, and Diagnostic Tools. A Scoping Review. Brain Sciences. 2021.

3. Ullman M.T., Clark G.M., Pullman M.Y. et al. The neuroanatomy of developmental language disorder: a systematic review and meta-analysis. Nature Human Behaviour. 2024;8:962–975.

4. Blom W.B., et al. What risk factors for Developmental Language Disorder can tell us about the neurobiological mechanisms of language development. Neuroscience & Biobehavioral Reviews. 2023.

5. van Witteloostuijn M., Haggiyannes A., de Bree E., Blom E. Parental Input and Its Relationship With Language Outcomes in Children With (Suspected) Developmental Language Disorder: A Systematic Review. Journal of Speech, Language, and Hearing Research. 2025.

6. Ebert K.D., Lee H. Individual Predictors of Language Treatment Response in Children With Developmental Language Disorder: A Systematic Review. Journal of Speech, Language, and Hearing Research. 2024;67(8):2708–2728.

7. Ullman M.T., et al. A systematic review of language and motor skills in children with developmental coordination disorder and developmental language disorder. Research in Developmental Disabilities. 2025.

8. Berdieva X.U., Sadikova G.K. Opredelenie stepeni vyrazhennosti klinicheskikh proyavleniy u detey s zaderzhkoy rechevogo razvitiya pri nevrologicheskikh zabolevaniyakh: metodicheskie rekomendatsii. Toshkent, 2025.

9. Nuritdinova G.T. Erta tug‘ilgan bolalarning neyro-ruhiy rivojlanish ko‘rsatkichlarini baholash. Xalqaro ilmiy pediatriya jurnali. 2023;2(3):97–100.

10. World Health Organization. Nurturing care for children with developmental delays and disabilities: thematic brief. WHO/UNICEF. 2026

Indexed In · Partners

Trusted by Global Scientific Indexing Services

JUSR is indexed and recognized by leading international databases and research integrity organizations.