O‘ZBEKISTONNING RAQAMLI MEHNAT BOZORI VA BANDLIK SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI
Keywords:
: raqamli mehnat bozori, bandlik siyosati, YAMMT, elektron mehnat daftarchasi, norasmiy bandlik, platforma bandligi, raqamli ko‘nikmalar, qayta tayyorlash, mehnat migratsiyasi, monitoring indikatorlari.Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekistonning raqamli mehnat bozori shakllanishi va bandlik siyosatini takomillashtirish yo‘llari nazariy-analitik yondashuvda yoritiladi. Raqamlashtirish Yagona milliy mehnat tizimi, elektron mehnat daftarchasi hamda davlat xizmatlari portali orqali ishga qabul qilish, hisobga olish va nazorat jarayonlarini standartlashtirishi, shaffoflikni kuchaytirishi hamda norasmiy bandlik ulushini kamaytirishi mumkinligi asoslanadi. Empirik asos sifatida rasmiy mehnat bozori statistikasi, hukumat ochiq ma’lumotlari va xalqaro tashkilotlar tahlillari umumlashtiriladi. Muammo sifatida raqamli ko‘nikmalar tafovuti, platforma bandligida ijtimoiy himoya bo‘shliqlari, ma’lumotlar integratsiyasidagi uzilishlar va mehnat nazoratining fragmentarligi ajratib ko‘rsatiladi. Maqola bandlik xizmatlarini “bir darcha” tamoyiliga yaqinlashtirish, qayta tayyorlashni bozor signallari bilan bog‘lash, platforma mehnati uchun minimal standartlar belgilash va subyektiv to‘siqlarni kamaytirish mexanizmlarini taklif etadi. Natijani baholash uchun indikatorlar sifatida ish topish vaqti, rasmiy shartnomalar ulushi, norasmiy bandlik dinamikasi, kursdan keyingi ishga joylashish va ish haqi o‘sishi kabi ko‘rsatkichlar tavsiya qilinadi. Tavsiyalar hududlar kesimida mehnat migratsiyasi oqimlarini inobatga olib, raqamli xizmatlarni soddalashtiradi va ish qidiruv xarajatlarini pasaytiradi sezilarli darajada.
References
Amanov O. Iqtisodiyotni raqamlashtirish mehnat bozorida bandlik darajasini oshirish omili sifatida. Green Economy and Development, 2023, 1(10). Elektron resurs. Murojaat sanasi 16.01.2026.
Abdullayev M K, Begalova D B. O‘zbekiston Respublikasida aholi bandligini ta’minlashdagi dolzarb masalalar. Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar, 2021, № 2. Elektron resurs. Murojaat sanasi 16.01.2026.
Abdullayeva P. Raqamli platformalardagi bandlikni huquqiy tartibga solish. Actual Problems of Humanities and Social Sciences, 2025, 5(S/5), 242–246. Elektron resurs. Murojaat sanasi 16.01.2026.
Gafarov Sh E, Gafarova Sh O. Axborot texnologiyalari rivojlanishi sharoitida mehnat bozori samaradorligini oshirish. 2024. Elektron resurs. Murojaat sanasi 16.01.2026.









