Raqamli moliyaviy texnologiyalarning boshqaruvdagi roli va uning O‘zbekiston uchun ahamiyati
Keywords:
Raqamli moliyaviy texnologiyalar (FinTech), boshqaruv, menejment, moliyaviy xizmatlar, innovatsiya, texnologik infratuzilma, samaradorlik, Iqtisodiy rivojlanish, transformatsiya.Abstract
Ushbu maqola raqamli moliyaviy texnologiyalar (FinTech) va ularning O‘zbekistonning boshqaruv tizimidagi ahamiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan. Raqamli texnologiyalar moliyaviy xizmatlarni yanada qulay va samarali taqdim etishga yordam berishi, shu orqali iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirishi mumkin. Tadqiqot jarayonida O‘zbekistondagi moliyaviy xizmatlar bozoridagi o‘zgarishlar, foydalanuvchilar va kompaniyalar bilan o‘tkazilgan so‘rovlar natijalari tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, raqamli moliyaviy texnologiyalar foydalanuvchilarga qulayliklar yaratish, xizmatlar samaradorligini oshirish va innovatsion g‘oyalarni amalga oshirish imkonini beradi. Biroq, texnologik infratuzilma, malakali kadrlar va huquqiy masalalar kabi muammolarni hal qilish zaruriyati ham ta’kidlangan. Maqola, raqamli moliyaviy texnologiyalarni muvaffaqiyatli joriy etish O‘zbekistonning moliyaviy bozorida yangi imkoniyatlar yaratishi va mamlakatning raqobatbardoshligini oshirishi mumkinligini ko‘rsatadi
References
1. Karimova, L. (2023). O‘zbekistonda raqamli moliya bozorining rivojlanishi: Muammolar va yechimlar. Tadbirkorlik va iqtisodiy taraqqiyot jurnali, 1(4), 45-60.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. (2023). Raqamli moliya va innovatsiyalar. https://www.cbu.uz
3. G‘ofurov, T. (2021). FinTech va global moliya bozoridagi o‘zgarishlar. Jahon iqtisodiyoti jurnali, 3(2), 112-120.
4. Mulaydinov, F., & Nishonqulov, S. (2021). Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda axborot texnologiyalarining o'rni.
5. The role of information technologies in the development of the digital economy. Nishonqulov, Shohruh. (2021).
6. Digital Economy: A Confluence of technical and social sharing online sharing platforms. 1. 19-27.
7. Hujayro, A. (2022). Raqamli moliyaviy texnologiyalar: Tahlil va istiqbollar. Toshkent: Iqtisodiyot institut.