Abstract
Ushbu maqolada antixolinesteraz vositalar hamda N-xolinoreseptorlarga ta’sir etuvchi farmakologik preparatlarning ta’sir mexanizmi, farmakodinamikasi, farmakokinetikasi, klinik qo‘llanilishi va nojo‘ya ta’sirlari tahlil qilindi. Antixolinesteraz vositalar asetilxolinesteraza fermentini inhibitsiya qilish orqali sinapslarda asetilxolin miqdorini oshiradi va xolinergik uzatishni kuchaytiradi. N xolinoreseptorlarga ta’sir etuvchi vositalar esa vegetativ gangliyalar hamda nerv mushak sinapslari faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqot davomida zamonaviy farmakologiya adabiyotlari va ilmiy manbalar asosida ushbu preparatlarning terapevtik samaradorligi, qo‘llash sohalari va xavfsizlik profili baholandi. Olingan natijalar antixolinesteraz preparatlarning miasteniya, ichak va siydik pufagi atoniyasi,
shuningdek, ayrim nevrologik kasalliklarni davolashda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi. N-xolinoreseptorlarga ta’sir qiluvchi preparatlar esa anesteziologiya, reanimatologiya va nevrologiyada keng qo‘llanilishi bilan tavsiflanadi.
References
1. Харкевич Д.А. Фармакология: учебник для медицинских вузов. – 14-е изд., перераб. и доп. – Москва: ГЭОТАР-Медиа, 2024. – 760 с.
2. Машковский М.Д. Лекарственные средства. – 17-е изд. – Москва: Новая Волна, 2021. – 1216 с.
3. Аляутдин Р.Н. Фармакология: учебник. – 7-е изд., перераб. и доп. – Москва: ГЭОТАР-Медиа, 2023. – 1104 с.
4. Кукес В.Г., Сычев Д.А., Раменская Г.В. Клиническая фармакология. – Москва: ГЭОТАР-Медиа, 2023. – 1056 с.
5. Орлов Р.С., Ноздрачев А.Д. Нормальная физиология. – Москва: ГЭОТАР- Медиа, 2022. – 832 с.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
