INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA GAP TUZILISHINING QIYOSIY TAHLILI
Keywords:
grammatika, morfologiya, sintaksis, gap, so‘z birikmasi, ega, kesim, to‘ldiruvchi, qiyosiy tahlil, SOV, SVO, sintaktik tuzilish.Abstract
Mazkur ilmiy maqolada o‘zbek va ingliz tillarida gaplarning grammatik tuzilishi qiyosiy jihatdan kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqotda tilshunoslikning muhim sohasi bo‘lgan grammatika, uning asosiy bo‘limlari — morfologiya va sintaksis haqida nazariy ma’lumotlar beriladi. Xususan, sintaksisning o‘rganish obyektlari sifatida so‘z birikmasi va gapning mohiyati, ularning struktur va funksional xususiyatlari izohlanadi.Ishda o‘zbek tilidagi gaplarning SOV (ega + to‘ldiruvchi + kesim) modeli va ingliz tilidagi gaplarning SVO (ega + kesim + to‘ldiruvchi) modeli chuqur qiyosiy asosda o‘rganiladi. Har ikki tilga xos gap turlari — darak, so‘roq, buyruq va his-hayajon gaplar keng misollar orqali tahlil qilinadi.
References
1. Noam Chomsky – Syntactic Structures 1957-yil
2. Leonard Bloomfield – Language 1933-yil
3. Michael Halliday – Functional Grammar 1985-yil
4. Otto Jespersen – Philosophy of Grammar 1924-yil
5. Shavkat Rahmatullayev – Hozirgi o‘zbek tili 2006-yil
6. Nizomiddin Mahmudov-Oʻzbek tilining nazariy gramatikasi. Sintaksis"(1995)
7. Ayyub G'ulomov Sodda gap sintaksisi“ (1948), „Oʻzbek tili morfologiyasiga kirish“ (1953), „Sodda gap“ (1955)









