Abstract
Mazkur maqolada bakterial genomlarning evolyutsion o‘zgarishida gorizontal gen transferining asosiy mexanizmlari — kon’yugatsiya, transformatsiya va transduksiyaning biologik hamda molekulyar ahamiyati tahlil qilinadi. Bakteriyalar orasida genetik materialning vertikal irsiylanishdan tashqari gorizontal yo‘l bilan almashinishi mikroorganizmlarning yangi fenotipik xususiyatlarni nisbatan qisqa vaqt ichida egallashiga imkon beradi. Kon’yugatsiya jarayonida genetik materialning, xususan, plazmidlarning bir bakterial hujayradan boshqasiga bevosita hujayralararo kontakt orqali o‘tishi; transformatsiyada tashqi muhitda mavjud bo‘lgan erkin DNK fragmentlarining kompetent hujayra tomonidan o‘zlashtirilishi; transduksiyada esa bakteriofaglar vositasida DNKning bir hujayradan ikkinchisiga ko‘chirilishi bakterial genom tarkibining dinamik ravishda qayta shakllanishiga sabab bo‘ladi.
References
1. Ochman H., Lawrence J.G., Groisman E.A. Lateral gene transfer and the nature of bacterial innovation. Nature, 2000, Vol. 405, pp. 299–304.
2. Thomas C.M., Nielsen K.M. Mechanisms of, and barriers to, horizontal gene transfer between bacteria. Nature Reviews Microbiology, 2005, Vol. 3, No. 9, pp. 711–721.
3. Frost L.S., Leplae R., Summers A.O., Toussaint A. Mobile genetic elements: the agents of open source evolution. Nature Reviews Microbiology, 2005, Vol. 3, No. 9, pp. 722–732.
4. Sørensen S.J., Bailey M., Hansen L.H., Kroer N., Wuertz S. Studying plasmid horizontal transfer in situ: a critical review. Nature Reviews Microbiology, 2005, Vol. 3, No. 9, pp. 700–710.
5. Johnsborg O., Eldholm V., Håvarstein L.S. Natural genetic transformation: prevalence, mechanisms and function. Research in Microbiology, 2007, Vol. 158, No. 10, pp. 767–778.