Abstract
Qo‘shtamg‘ali tarmog‘ining tarkibidagi Qoraqalpoq guruhi Xomkon qishlog‘i aholisi etnik tarkibining asosini tashkil etadi. Xomkon qishlog‘i Ko‘hitang tog‘larining shimoliy qismida joylashgan bo‘lib, tabiiy boyliklari, serbuloq hududlari, yaylovlari va dehqonchilik uchun qulay sharoitlari bilan ajralib turadi. Qishloq aholisi asosan chorvachilik va lalmi dehqonchilik bilan shug‘ullanib, o‘ziga xos urf-odatlari, kamtarligi va mehnatsevarligi bilan ajralib turadi.
Etnograf olimlar T.A. Jdanko, M.P. Magidovich va B.X. Karmisheva tadqiqotlari Surxondaryo qo‘ng‘irotlari, Xorazm qo‘ng‘irotlari hamda qoraqalpoq qo‘ng‘irotlari o‘rtasida etnik va genealogik yaqinlik mavjudligini ko‘rsatadi. Urug‘ nomlari, urf-odatlar va tarixiy ma’lumotlarning o‘xshashligi ularning umumiy ildizlardan kelib chiqqanligini tasdiqlaydi. Xomkonlik qoraqalpoqlarning ajdodlari esa Sirdaryo bo‘ylaridagi “Orqa yurt”da yashagan Gudraybiy va uning o‘g‘li Esanbiy avlodlariga borib taqaladi.
Shayboniyxon istilosi davridan, yaʼni XV asr oxiri - XVI asr boshlarida Dashti qipchoq oʻzbeklaridan yuzlar, qoʻngʻirotlar, doʻrmonlar va boshqalar kela boshlagan.
Qoʻngʻirotlar beshta katta urugʻga boʻlinadi: Vaxtamgʻali, Qoʻshtamgʻali, Qonjigʻali, Oyinni va Tortuvli.
References
1. Кармышева Б.Х. Очерки этнической истории южных районов Таджикистана и Узбекистана. – М: Наука, 1976. – С. 213.
2. Кичкилов Ҳ. Хомконлик қорақалпоқларнинг кўчиши. // Ўзбекистонда моддий маданият ва этномаданий жараёнлар. Республика илмий-амалий анжумани мақолалар тўплами. – Термиз, 2010. – Б. 39-43.
3. Бердиқулов Қ. Қўнғиротлар. – Тошкент: Ёзувчи, 1999. – Б.10-20.
4. Бўриев. О., Усмонов М. Ўзбеклар: этник тарихи ва этномаданий жараёнлар. – Самарқанд, 2008. – Б. 230-231.
5. Турсунов С. Сурхондарё этнографияси. – Тошкент: Tafakkur, 2020. – Б. 25-27