Abstract
Ushbu maqolada Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi “Indorama Kokand Tekstil” qo‘shma korxonasida halqali va pnevmomexanik usullarida, kompakt qayta tarash va oddiy karda kompakt tizimida yigirib olingan iplardan foydalanildi va ipning tukdorligini yigirish usullari va tizimlariga bog’liqligini o‘rganildi. Chiziqli zichligi 19,6 ( ) kompakt halqali karda tizimida va qayta tarash tizimida hamda 19,6 teks ( 30 OE) pnevmomexanik usulda yigirib olingan iplarni ishlab chiqarishda o‘rta tolali paxtaning 4-tip I nav Qoraqalpoq va Xorazm seleksiya navining “oliy” sinfidan foydalanildi. Pilta, pilik va ipni notekisligini hamda ipning tukdorligini USTER TESTER 6-S800, ipni uzulish kuchi, uzulishdagi uzayishi va uzulish vaqti USTER TENSORAPID 4, ipdagi buramlar soni USTER ZWEIGLE TWIST TESTER 5 asboblarida aniqlandi. Olingan natijalar Uster Statistik-2018 5% li me’yoriy ko‘rsatkichlari bilan solishtirilib, ipning tukdorligi yigirish usullari va tizimlariga bog’liqligini tadqiq etildi. Unga ko’ra iplarning tukdorlik darajasini yigirish tizimi va yigirish usuliga bog’liqligini ko’rganimizda eng past ko’rsatkich pnevmomexanik ipida bo’lsada, Uster Statistik 2018 5 % li ko’rsatkichlariga karda kompakt ipi eng yaqin ya’ni 1,36 % ga farq qilishi aniqlandi. Demak, kompakt yigiruv mashinalarida faqat qayta tarash tizimida emas, balki oddiy karda usulida ham ip yigirilsa olinadigan daromad yuqoriroq bo’ladi.
References
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4408-sonli “Paxtachilik tarmog’ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori// 2017-yil 28-noyabr.
2. Carvalho V., Cardoso P., Belsley M // University of Minho// Campus de Azurem// Portugal, 2006.
3. www.suessen.com
4. G‘afurov Q.G’, Fayzullayev Sh.R., G‘afurov J.Q «Texnika va texnologiya yangiliklari» leksiyalar kursi – 5320900 - Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi yo‘nalishidagi talabalar uchun, 2016.
5. www.uster.com
6. Uster Statistics 2018 ma’lumotlari.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
