Abstract
Ushbu maqolada gips asosidagi quruq qurilish qorishmalarini ishlab chiqarishda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, mahsulot sifatini oshirish va iqtisodiy samaradorlikni ta'minlash masalalari ko‘rib chiqiladi. Mahalliy xomashyolar – xususan, tabiiy va chiqindi gips turlari (fosfogips, borogips), ohak, bo‘r, perlit va dolomit asosida optimal tarkib tanlash orqali mustahkamligi, yopishqoqligi, qurish vaqti kabi fizik-mexanik xossalari yaxshilangan qorishma kompozitsiyalari taklif etildi. Tadqiqotda eksperimental sinovlar, fazoviy modellashtirish va standartlarga muvofiqlik tahlili orqali yuqori texnik ko‘rsatkichlarga ega quruq aralashmalar ishlab chiqildi. Qorishma tarkibiga qo‘shimcha faol modda sifatida ultradispers silika va plastifikatorlar qo‘shilishi natijasida ishqoriy muhitdagi barqarorlik va ekologik xavfsizlik ham ta’minlandi. Olingan natijalar mahalliy sanoat korxonalarida arzon, ekologik toza va energiya samarador quruq qurilish materiallarini keng joriy etish imkonini beradi.
References
1. N.A.Samig‘ov, “Qurilish materiallari va buyumlari”. Darslik. Toshkent: Cho‘lpon nomidagi NMIU 2013.
2. M.A.Mirzajonov, “Istiqbolli energiya tejamkor qurilish ashyolari va tizimlari”. Darslik. Farg‘ona. 2021.
3. A.Y.Shodmanov, M.A.Tillayev, “Zamonaviy qurilish materiallari va texnologiyalari”. O‘quv qo‘llanma. Jizzax, JizPI, 2022.
4. N.A.Samig‘ov, “Energiya va resurs tejamkor qurilish materiallari va texnalogiyalar”.O‘quv qo‘llanma. Toshkent: “Fan va texnologiyalar Markazining bosmaxonasi” 2016.
5. A.E. Odilxo‘jayev, “Qurilish materiallari”. O‘quv qo‘llanma. Toshkent. 2020.
6. A.A To‘laganov, X.X. Komilov, A.A. Sultonov, “Zamonaviy qurilish materiallari, buyumlari va texnologiyalari”. O‘quv qo‘llanma. Toshkent. 2014.
7. T.A. Otaqo‘ziyev, E.T Otaqo‘ziyev, “Bog‘lovchi moddalarning kimyoviy texnologiyasi”. Darslik. Cho‘lpon nomidagi nashriyot - matbaa ijodiy uyi. Toshkent. 2005.
8. I.M. Qosimov, “Zamonaviy qurilish materiallari va konstruksiyalari”. Darslik. “Lesson press” nashriyoti. Toshkent. 2020.
9. A.A. To‘laganov, X.X. Kamilov, M.M. Vohidov, A.A. Sultonov, “Zamonaviy qurilish materiallari, buyumlari va texnologiyalari”. O‘quv qo‘llanma, Toshkent, TAQI, 2014.
10. N.A. Mahmudova, M. Rashidova, “Pardozlash va issiqlik izolyatsiya materiallarining texnologik asoslari” Darslik. O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti. Toshkent. 2012.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
