Abstract
Ushbu maqolada buyuk alloma Abu Ali ibn Sino (Avitsenna) ning musiqashunoslik sohasiga qo‘shgan ilmiy hissasi har tomonlama tahlil qilinadi. Ibn Sino — o‘z davrining mashhur tabibi, faylasufi, mantiqchisi va matematik bo‘lishi bilan birga, musiqa nazariyasini ham chuqur o‘rgangan va bu sohada izchil asarlar yozgan. U musiqani matematik fanlar qatoriga kiritib, tovushlar tabiati, ularning nisbatlari, garmoniyasi, musiqaning ruhiyatga ta’siri, cholg‘u asboblari va ularning tabiati haqida ilmiy-nazariy mulohazalar bildirgan. Ayniqsa, u Pifagor va Forobiy ta’limotlarini rivojlantirib, musiqaga falsafiy va estetik yondashuvni boyitgan. Maqolada Ibn Sinoning musiqaga oid qarashlari, tarixiy manbalarda saqlanib qolgan risolalari, shuningdek uning musiqiy merosining O‘rta Osiyo va butun dunyo musiqashunosligiga ta’siri haqida muhim dalillar keltiriladi. Unga oid risolalarni o‘rganib chiqqan zamonaviy tadqiqotchilar, xususan Zokirjon Oripovning yondashuvlari ham maqolada tahlil etiladi. Ibn Sinoning musiqaga oid qarashlari nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham dolzarbdir.
References
1. Donishname, Kniga znaniya, Dushanbe 1957;
2. K.Rozenshild. Istoriya zarubejniy muziki Moskva “Muzika”1973. Toshboyeva M.
3. Buyuk faylasuf, tabiatshunos, mashhur tabib, shu bilan birga ajoyib musiqa nazariyachisi bo‘lmish Abu Ali Ibn Sino
4. Shular jumlasidan Oksford nusxasi № 109;
5. Oksforddagi Bodlin kutubxonasi nusxasi № 250;
6. London kutubxonasining Hind bo‘limi nusxasi № 4752;
7. Qohiradagi “doru-l-kutub” kutubxonasi nusxasi № 475;
8. Gollandiya, Lend universiteti nusxasi № 14505 (cod/ oz/ 84) va boshqalar.
9. Islomiy Sharq tibbiyotining donishmandi Avitsena (Abu Ali ibn Sino, 983 — 1036) „Tib qonunlari“ da musiqaning terapevtik vosita sifatida taʼsiri haqida yozgan (2 1983-yil nashr, 25, 256-betlar va boshqalar).)
10. [Qoriyev M. Ibn Sino. Tarixiy roman. – Toshkent: “Sharq” nashriyot-matbaa kontsernining bosh tahririyati, 1995. 1.20.]
11. Зокиржон Орипов X-XV асрлар Марказий Осиё мусиқа манбашунослиги (Монография) Тошкент. 2017. 34-bet.
12. Aleman, A., Nieuwenstein, M.R., Böcker, K.B.E. & de Haan, E.H.F. (2000). "Musiqa mashg'ulotlari va aqliy tasavvur qobiliyati." Neuropsychologia, 38, 1664–1668.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
