ASTRAGALUS MUCIDUS L. O‘SIMLIGIDAN AJRATIB OLINGAN EKSTRAKTNING ANALGETIK FAOLLIK XUSUSIYATLARI
PDF
DOI

Keywords

Astragalus mucidus L., analgetik faollik, issiq plastinka, sirka kislotasi, atsetilxolin.

How to Cite

ASTRAGALUS MUCIDUS L. O‘SIMLIGIDAN AJRATIB OLINGAN EKSTRAKTNING ANALGETIK FAOLLIK XUSUSIYATLARI. (2025). Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan, 3(5), 592-598. https://universalpublishings.com/index.php/jsiru/article/view/12202

Abstract

Ushbu maqolada Astragalus mucidus L. o‘simligidan ajratib olingan ekstraktning analgetik (og‘riqni kamaytiruvchi) faolligi eksperimental hayvonlar modeli asosida tadqiq qilindi. Tadqiqotda tana vazni 18–21 g bo‘lgan naslsiz oq sichqonlar ishlatildi. Analgetik faollikni baholash uchun uch xil test tizimi qo‘llanildi: markaziy og‘riq modelini baholovchi «issiq plastinka» testi, periferik og‘riq stimulyatorlari orqali amalga oshirilgan «sirka kislotali burishish» va «atsetilxolinli burishish» testlari. O‘rganilayotgan ekstrakt sichqonlarga 1.0 dan 100.0 mg/kg gacha bo‘lgan dozalarda og‘iz orqali yuborildi. Taqqoslash uchun Ketoprofen preparatining (1.0–10.0 mg/kg) samarasi o‘rganildi.

Natijalar shuni ko‘rsatdiki, Astragalus mucidus L. ekstrakti barcha test tizimlarida doza bog‘liq tarzda sezilarli analgetik faollikka ega bo‘lib, ayrim hollarda Ketoprofenning ta’sir kuchiga teng yoki undan yuqori natija qayd qilindi. Xususan, termik og‘riq modelida ekstraktning 25.0–50.0 mg/kg dozalari 95–99% gacha analgetik effekt ko‘rsatgan bo‘lsa, kimyoviy stimulyatsiya testlarida burishishlar sonini 56.7% gacha kamaytirish qobiliyati kuzatildi. Statistik tahlilga ko‘ra, olingan natijalar ishonchli (P≤0.05) deb topildi.

Olingan ilmiy natijalar Astragalus mucidus L. o‘simligidan ajratib olingan ekstraktning samarali tabiiy analgetik vosita sifatida qo‘llanish imkoniyatini tasdiqlaydi va bu yo‘nalishda qo‘shimcha farmakologik tadqiqotlar olib borish uchun asos yaratadi.

PDF
DOI

References

1. Гуськова Т.А., Сычев Д.А. Современные аспекты применения нестероидных противовоспалительных препаратов // Фармакология и токсикология. — 2005. — Т. 68, №1. — С. 23–29.

2. Жуков В.И., Кисличенко В.С. Лекарственные растения: биологически активные вещества и их применение. — М.: ГЭОТАР-Медиа, 2016. — 576 с.

3. Wang D., Wang L., Guo Y. Pharmacological activities of Astragalus polysaccharides and its potential use in health care // Int. J. Biol. Macromol. — 2020. — Vol. 149. — P. 732–738.

4. Rakhimov D.A., Yuldashev O.S., Mamatkulov K.M. Biological activity of Astragalus species in Uzbekistan // Pharmaceutical Chemistry Journal. — 2020. — Vol. 54, No. 7. — P. 628–633.

5. Коваленко В.П., Пашинян Г.А., Самойлов В.О. Основы экспериментальной фармакологии. — Харьков: Изд-во НФаУ, 2004. — 312 с.

6. Wang D., Wang L., Guo Y. Pharmacological activities of Astragalus polysaccharides and its potential use in health care // Int. J. Biol. Macromol. — 2020. — Vol. 149. — P. 732–738.

7. Faggotter S.J., Irwin R.J., Williams D.B. Pain assessment methods in laboratory mice and rats: a review of recent literature // Lab Anim. — 2022. — Vol. 56, No. 3. — P. 187–199.

8. Council for International Organizations of Medical Sciences (CIOMS). International Guiding Principles for Biomedical Research Involving Animals. — Geneva: WHO, 2012. — 52 p.

9. Shaikh M.F., Ghouse S.M., Jabeen S. Assessment of thermal pain using hot plate and tail flick tests in mice // MethodsX. — 2020. — Vol. 7. — 101096.

10. Nassiri-Asl M., Zamansoltani F., Abbasi E., Yousefi F. Effects of some novel anti-inflammatory agents on acetic acid-induced writhing in mice // Iran J. Pharm. Res. — 2013. — Vol. 12, No. 2. — P. 253–259.

11. Vieira L.B., Rossato M.F., Klafke J.Z. et al. The involvement of the cholinergic system in antinociceptive activity: experimental models of visceral pain // Life Sci. — 2011. — Vol. 88, No. 17–18. — P. 747–754.

12. Motulsky H. Intuitive Biostatistics: A Nonmathematical Guide to Statistical Thinking. — 4th ed. — New York: Oxford University Press, 2018. — 480 p.

Creative Commons License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.