Abstract
Mazkur maqolada paxta tozalash korxonalarining ishlab chiqarish jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) joriy etish borasidagi amaliy tajribalar tahlil qilinadi. Jumladan, xom ashyo qabul qilish, og‘irlikni aniqlash, namlikni baholash va tashkiliy boshqaruv bosqichlarida ID plastik kartalardan foydalanish, operator va dispetcher o‘rtasidagi ma’lumotlar almashinuvi, avtomatlashtirilgan "KOD" tizimi, "Brutto" ko‘rsatkichlarini real vaqt rejimida qayd etuvchi elektron tarozilarni qo‘llash kabi yechimlarning samaradorligi yoritilgan. Shuningdek, mazkur texnologiyalarni joriy etish natijasida korxonalarda mehnat unumdorligi, hisob-kitob aniqligi va inson omiliga bog‘liq xatoliklarning kamayishi holatlari muayyan misollar asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda mavjud tizimning axborot xavfsizligi, operatorlar malakasini oshirish va texnik infratuzilmani takomillashtirish masalalari ham ko‘rib chiqilgan. Ushbu texnologik yondashuv paxta sanoatida raqamli transformatsiyaning muhim bosqichi sifatida baholanadi.
References
1.О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 noyabrdagi «Paxtachilik tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida»gi PQ-3408-sonli qarori.
2.M.Enrayt, S.Rezenfeld, P.Maskell va M.Lorensenlar “Mintaqaviy klasterlar konsepsiyasi” 2009
3. A.Salimov “Tovarshunoslik”. T.: “Adabiyot uchqunlari” nashriyoti, 191bet.
4. Paxtani qabul qilish va saqlash bо‘yicha yо‘riqnoma. T.: 2017 y.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
