Abstract
Ushbu maqolada globallashuv va raqamli texnologiyalar davrida zamonaviy o‘zbek yoshlari nutqida kuzatilayotgan o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Yoshlar nutqining o‘ziga xos xususiyatlari, internet slenglar, jargonlar va xorijiy tillardan kirib kelayotgan so‘zlarning til me’yorlariga ta’siri yoritiladi. Shuningdek,til va nutqning oʻzaro farqli jihatlari ham ochiq koʻrsatib oʻtilgan.Tadqiqotning obyekti sifatida o'smirlar va oliy ta’lim talabalarining virtual hamda jonli muloqot jarayonlari olingan bo'lib, tahlil davomida kuzatish, qiyosiy va deskriptiv metodlardan foydalanilgan.